Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarning uy olishi uchun 5,2 milliard so‘m ajratdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarning uy olishi uchun 5,2 milliard so‘m  ajratdi

Foto:«Xabar.uz»

Xotin qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 303 nafar ayol uyli bo‘ldi. Shundan Xotin-kizlar qo‘mitasi qoshidagi Xotin-kizlarni va oilani kullab-kuvvatlash jamoat Fondi tomonidan nogironligi bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 128 nafar ayolga 5 mlrd 22 mln so‘m miqdorida uy olish uchun dastlabki badal pullari to‘lab berildi.

446 nafar ishsiz ayol doimiy ish joyi bilan ta’minlandi. Taxiatosh shahrida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 11 nafar ayolga uylarning kalitlari topshirildi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli hududlarida 87 ta sexlar tashkil qilindi, 446 nafar ayol ish bilan ta’minlandi.

Kuni kecha ana shunday sexlardan 2 tasi Amudaryo va Beruniy tumanlarida ish boshladi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar bandligini ta’minlash va ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z ishini davom ettiradi.

Aytish joizki, yil boshidan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasida 20 mingga yaqin ishsiz ayol aniqlangan edi. Ulardan 18 ming 184 nafar ayollar ish bilan ta’minlandi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligi ulushini oshirish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Xotin-kizlar va oilani kullab-kuvvatlash jamoat Fondi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,2 mlrd so‘m ajratildi.

Kredit mablag‘lari yillik 7 foiz shart bilan ayollar tadbirkorligini boshlash yoki rivojlantirish maqsadida taqdim etildi.

2019-yilda ajratiladigan kredit mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring