Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

XTV rahbariyati «Microsoft» delegatsiyasi bilan uchrashdi

XTV rahbariyati «Microsoft» delegatsiyasi bilan uchrashdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov «Microsoft» korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda «Microsoft» kompaniyasidan Markaziy va Sharqiy Yevropadagi «Microsoft» ta’limi tarmog‘i bilan ishlash rahbari Teodora Varbanova, «Microsoft» ta’limi tarmog‘i bilan ishlash rahbari Nurlan Jonibek va kompaniyaning Markaziy Osiyodagi rahbari Oleg Kuzmin ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida XTV va «Microsoft» o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqilgani ma’lum qilindi.

Jumladan, yoshlarning axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan «IT-nation» loyihasida ishtirok etishi muhokama etildi.

«Microsoft» vakillari tomonidan maktablarda «Imagine Academy» dasturini joriy etish taklifi berildi. Mazkur dastur axborot texnologiyalariga oid turli o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring