Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yamanda 2,2 million bola to‘yib ovqatlanmaydi

Yamanda 2,2 million bola to‘yib ovqatlanmaydi

Foto: «aa.com»

YuNISEF tayyorlagan hisobotga ko‘ra, Yamanda 2,2 million bola to‘yib ovqatlanmaydi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

Hisobotda Yamanda to‘rt yildan beri davom etayotgan urush odamlarning tinka-madorini quritayotgani qayd etilgan. Mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi nochor ahvolga kelib qolgan. Turli kasalliklar urchib bormoqda.

Yigirma yetti million aholiga ega Yamanda 16,37 million kishi tibbiy xizmatlardan foydalana olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring