Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini yuzaga kelayotgan sabab Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya boks bo‘yicha jahon litsenzion musobaqasini bekor qilgani haqida xabar bergan edik. Musobaqaning o‘rniga yo‘llanmalar qit’alar kesimida sportchilarning reytingdagi pog‘onasiga qarab taqsimlanishi ma’lum qilingan.

Maxsus komissiya sportchilarning reyting pog‘onasini o‘rganib chiqdi va bu borada Olimpiada yo‘llanmalarining egalari ma’lum bo‘lgach, Milliy Olimpiya qo‘mitalarga rasmiy xat jo‘natdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg) Olimpiada yo‘llanmalariga ega bo‘ldi.

Shu tariqa boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Tokio – 2020» olimpiya o‘yinlarida 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan bo‘ldi. Erkaklar jamoamiz to‘liq tarkibda, qizlarimiz esa 3 nafar ishtirokchi bilan Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Quyida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibimizni yana bir bor eslatib o‘tamiz:

Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhon Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring