Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana «Agrobank», yana imtiyozli kredit ajratishdagi «o‘yinlar»...

Yana «Agrobank», yana imtiyozli kredit ajratishdagi «o‘yinlar»...

Foto: «Xabar.uz»

ATB «Agrobank»ning yana bir filiali sobiq mansabdorining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bankning Gurlan tuman filiali rahbari murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda sobiq boshqaruvchi O.Sh. o‘z tanishi S.K.ning nomiga «G.TAMORQA» MChJni tashkil etib, amalda ushbu jamiyatni o‘zi boshqarib kelgani aniqlandi. «Qo‘yningdan to‘kilsa — qo‘njingga!» qabilida ish tutgan filial rahbari davlat dasturi asosida berilgan mablag‘lar hisobidan o‘z korxonasiga 400,0 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratadi. Kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarga sarflagach, garovga qo‘yilgan mulkni soxta hujjatlar bilan (garovdan) chiqarib yuboradi.

Ayni paytda juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlik holati bo‘yicha jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

E’tiborlisi, bu ATB «Agrobank»ning joylardagi filiallari rahbarlari tomonidan imtiyozli kreditlarni talon-taroj qilishga bog‘liq birinchi holat emas. Yaqinda mazkur moliya muassasasining ikkita filiali sobiq boshqaruvchilariga nisbatan ham imtiyozli kredit ajratishdagi «o‘yinlari» sabab jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring