Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Yana bir hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tezkor tadbirda Qumqo‘rg‘on tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.A. «Ayub Baraka servis» MChJ rahbari M.A.ga Qumqo‘rg‘on tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 ga. yer maydonini noturarjoy sifatida ajratib berishni va’da qilib, undan 5000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring