Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bitta «uchar taksi». U elektr batareyalari yordamida harakatlanadi

Yana bitta «uchar taksi». U elektr batareyalari yordamida harakatlanadi

Foto: «Xaytek»

Detroytda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Amerika xalqaro avtosalonida «Airspace Experience Technologies»  kompaniyasi vertikal holatda ko‘tarilib, parvoz etishga qodir uchar qurilmani taqdim etdi. «Mobi-One» nomini olgan qurilma elektr batareyalari yordamida harakatlanib, bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan, deb xabar berdi «Daily Tech Info».

Bu turdagi «uchar taksi»ning vazifasi yerda harakatlanuvchi transport vositalar tirbandligiga barham berishdan iborat.

Umuman olganda «Mobi-One» qurilmasi «Detroit Aircraft Corporation» (DAC) kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan va «AirSpaceX» kompaniyasi mutaxassislari uni yakuniga yetkazgan. Qurilma odamlar va yuklarni belgilangan nuqtaga yetkazish uchun xizmat qiladi. Uni yaratishda maksimal darajada oddiy texnologiyalar, uzatmalardan foydalanilgani sabab, u iqtisodiy jihatdan ancha raqobatbardosh hisoblanadi.

Qurilmaning burilishga mo‘ljallangan har ikki qanotiga 4 ta mustaqil elektrodvigatel o‘rnatilgan, bu esa xavfsizlikni ta’minlaydi. Dvigatellardan biri ishdan chiqsa ham halokatli vaziyat yuzaga kelmaydi. «Mobi-One» bir vaqtda to‘rtta yo‘lovchini va 200 kilogrammgacha yukni tashishga qodir. O‘rtacha tezligi soatiga 240 kilometrni, maksimal tezligi esa 400 kilometrni tashkil etadi. Akkumulyator batareyalari esa bir marta quvvatlanish orqali 100 kilometr masofani bosib o‘tish imkonini beradi. 

Uchar qurilma intellektual tizim bilan jihozlangan bo‘lib, uchuvchiga maksimal darajada boshqaruvda yordam ko‘rsatadi. Bundan tashqari qurilma to‘qnashuvlarni oldini olish va avariya haqida ogohlantirish tizimiga ega. «Mobi-One» qurilmasidan nafaqat «uchar taksi» sifatida, balki tibbiyot muassasalarida bemorlarni tashishda ham foydalanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring