Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana propiska masalasi. Bu safar Toshkentga propiska qilish tartibi ancha soddalashtirildi

Yana propiska masalasi. Bu safar Toshkentga propiska qilish tartibi ancha soddalashtirildi

Foto: «Kuz.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibiga fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Birinchidan, endilikda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun turar joy hujjatlari, uy-joy mulkdorining arizasi, nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etilmaydi.

Ikkinchidan, Toshkent shahar va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi umuman bekor qilindi:

— er-xotinning amalda yashagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yashaganligi to‘g‘risida mahalla yig‘ini raisi va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan ma’lumotnoma;

— Oliy Majlisi palatalari, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek Prezident bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

— davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

— lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.

Uchinchidan, quyidagi hollarda vaqtinchalik hisobga qo‘yish uchun turar joy ijara shartnomasi yoki turar joydan tekin foydalanish shartnomasi talab etilmaydi:

— fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar joy mulkdorining yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda;

— Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring