Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yandex.Taxi» O‘zbekistonga kirib keldi

«Yandex.Taxi» O‘zbekistonga kirib keldi

Foto: «InfoCOM.UZ»

Rossiyadagi taksi xizmati bo‘yicha eng yirik agregatorlardan biri «Yandex.Taxi» O‘zbekistonda ham o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar berdi «Xs.uz».

Endilikda yurtdoshlarimiz ham «App Store» va «Google Play» orqali «Yandex.Taxi» ilovasini yuklab olishlari mumkin. Hozircha bunday servisdan faqat Toshkent shahrida foydalanish mumkin.

Ayni paytda mazkur tizimga 10 ta sherik taksoparklarning 200 dan ortiq avtomobillari biriktirilgan. Yaqin kunlarda ularning soni oshishi kutilayapti.

Foto: «InfoCOM.UZ»

Bugungi kunda «Yandex.Taxi» mijozlarga «Ekonom» tarifini taklif etayapti. Unga ko‘ra, har uch kilometr uchun yo‘lkira haqi 2 ming so‘mdan, so‘ngra har qo‘shilgan kilometr uchun 1 ming so‘mdan olinadi. Shunday qilib shahar tashqarisiga borish uchun yo‘lkira haqi har kilometr uchun 1,5 ming so‘mdan tushadi.

Foydalanuvchilar hozircha servis xizmatiga o‘z plastik kartalarini ulash imkoniyatiga ega emas, lekin ular bonuslar olishlari mumkin. Yangi tizim vakillarining aytishicha, yaqin kunlar ichida plastik kartalar va to‘lov tizimlari orqali ham yo‘lkira to‘lash imkoniyati yaratiladi.  

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring