Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Atom» brauzeri chiqarildi. Afzalligi nimada?

«Atom» brauzeri chiqarildi. Afzalligi nimada?

Foto: hi-tech.mail.ru

«Mail.Ru Group» foydalanuvchilarning xavfsizligi va daxlsizligi «birinchi plan»ga chiqarilgan yangi — «Atom» brauzerini chiqardi

Aytilishicha, «Atom» brauzerida asosiy oynadan turib foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus xavfsizlik paneli bor: unda qaysi saytga nimalarga ruxsat etilganini tekshirib ko‘rish mumkin.

Masalan, bu brauzerda kameradan, mikrofondan foydalanishni yoki reklamani blokirovka qilish mumkin.

Bu hammasi emas: agentlik qo‘shimcha qilishicha, «Atom»da inkognito (maxfiy ishlash) rejimi ham bor.

Ayni paytda brauzer beta-test jarayonidan o‘tmoqda. Ishlab chiqaruvchi undagi RCE-zaiflikni topganga 1 million rubl mukofot puli va’da qilgan.

Agar qiziquvchilar bo‘lsa, «Atom» mana bu havolada joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring