Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi hukumat qanday bo‘lishi kerak?

Yangi hukumat qanday bo‘lishi kerak?

Foto: «Gazeta.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi hukumat qanday bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Siz tashabbuskor bo‘lishingiz, zamonaviy boshqaruv usulini qo‘llashda eski qoliplardan voz kechishingiz kerak. Bu yerda Rossiya taraqqiyotining eng muhim masalalari hal etiladi», — degan Vladimir Putin Vazirlar Mahkamasi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi a’zolarining topshirilgan vazifalarni paysalga solishga umuman haqi yo‘q.

«Hukumatning yangi tarkibi tashabbuskor bo‘lishi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi, ishga xalaqit beradigan bahonalarni qilmasligi zarur», — deya qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring