Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorligida yosh shoir Jo‘rabek Jahonning «Ko‘ngil poytaxti» nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharriri Ilhom Zoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adabiyotshunos Suvon Meli, adabiyotshunos olim Abdulla Ulug‘ov, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhay Sobirov, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov va boshqalar so‘zga chiqib, ulug‘ ustozlarning yo‘lini munosib davom ettirishga intilayotgan shoir Jo‘rabek Jahon timsolida she’riyatimizda yana bir yangi iste’dod, yangi ovoz bo‘y ko‘rsatayotganini ta’kidladilar.

Jo‘rabek Jahon milliy adabiyotimizga Shukur Xolmirzayev, Tog‘ay Murod, Usmon Azim, Erkin A’zam singari ustoz adiblarni voyaga yetkazgan surxon vohasidandir. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan «Tuyg‘ular shaharchasi » nomli kitobi chop etilgan.

«Ko‘ngil poytaxti» shoirning ikkinchi kitobi. Qo‘liga qalam tutgan shoirning Vatanga, yurtga, so‘zga, adabiyotga, she’riyatga, yaqinlariga, do‘st-birodarlariga bo‘lgan muhabbati, sog‘inchini ifodalovchi yangi she’rlari jamlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring