Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi o‘quv yili uchun ayrim yo‘nalishlar qabul kvotalari ochiqlanmoqda

Yangi o‘quv yili uchun ayrim yo‘nalishlar qabul kvotalari ochiqlanmoqda

Prezidentning «Kimyo va biologiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihsi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasida yangi o‘quv yili uchun ayrim yo‘nalishlar qabul kvotalari berilgan.

Xususan, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:

O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti va Buxoro davlat universitetida «Biotexnologiya» ta’lim yo‘nalishiga – 50 ta, «Kimyoviy tahlil va ekologik xavsizlik» ta’lim yo‘nalishiga – 25 ta;
Toshkent kimyo-texnologiyalar institutida «Kimyoviy texnologiya, neft kimyosi va biotexnologiyada energiya va resurslarni tejash jarayonlari» ta’lim yo‘nalishiga – 25 ta.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagicha kvota o‘rinlari ajratish belgilanmoqda:

O‘zbekiston Milliy universiteti, «Mikrobiologiya» mutaxassisligiga – 10 ta, «Kimyoviy tahlil va ekologik xavsizlik» mutaxassisligiga – 10 ta, «Tabiiy resurslarni qayta ishlash» mutaxassisligiga – 10 ta, «Nozik organik sintez» mutaxassisligiga – 10 ta;
Toshkent kimyo-texnologiyalar institutida «Kimyoviy texnologiya, neft kimyosi va biotexnologiyada energiya va resurslarni tejash jarayonlari» mutaxassisligiga – 8 ta, «Katalizator va adsorbentlar texnologiyasi» mutaxassisligiga – 8 ta, «Nozik organik sintez» mutaxassisligiga – 10 ta;

Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 11 martiga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring