Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qaror: sohalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovi stavkalariga aniqlik kiritildi

Yangi qaror: sohalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovi stavkalariga aniqlik kiritildi

«O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» telegram-kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.

Bundan tashqari sohalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovi stavkalari quyida keltirilgan:

  • bojxona brokerlari — 5 foiz;
  • lombardlar — 25 foiz;
  • konsert-tomosha ko‘rsatishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar — 5 foiz.

Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashgan joyiga qarab:

  • aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda — 8 foiz;
  • boshqa aholi punktlarida — 6 foiz;
  • borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda — 4 foiz;
  • ta’lim muassasalarida xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari — joylashgan joyiga qarab belgilagangan stavkaning 75 foiz miqdorida.

Chakana savdo sohasida soliq to‘lovchilar joylashgan joyiga qarab:

  • aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda — 4 foiz;
  • boshqa aholi punktlarida — 2 foiz;
  • borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda — 1 foiz;
  • alkogol, tamaki, benzin, dizel yoqilg‘isi, siqilgan va suyultirilgan gaz realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar — 4 foiz;
  • ulgurji savdo korxonalari — 4 foiz.

Dorixonalar joylashgan joyiga qarab:

  • aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda — 3 foiz;
  • boshqa aholi punktlarida — 2 foiz;
  • borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda — 1 foiz.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring