Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Raneri ertagi: bu gal Liverpulda boshlandi

Yangi Raneri ertagi: bu gal Liverpulda boshlandi

Angliyaning «Lester» jamoasini chempionga aylantirgan Klaudio Raneri o‘zidan keyin «Raneri ertagi» degan nomni qoldirgan edi. Bugun ushbu ibora qayta tug‘ilgandek go‘yo.

Angliya premer ligasining 9-turidan o‘rin olgan «Everton» va «Uotford» o‘rtasidagi shiddatli o‘yin hozirgina yakuniga yetdi. Bu o‘yin boshqa vaqt bo‘lganda unchalik ahamiyatga arzimas edi, ammo...

Klaudio Raneri 2021 yil 4 oktyabr kuni aynan «Uotford» jamoasida bosh murabbiy sifatida ish boshladi. FIFA kunlaridan keyin uning ilk o‘yini o‘z uyida «Liverpul»ga qarshi kechdi va javobsiz 5 ta gol bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu Ranerining «Uotford»dagi ilk o‘yini va mag‘lubiyati edi.

Aslida «Uotford» musobaqada autsayderlar qatoriga yaqin joyda borayotgandi. Ya’ni ularning o‘yini, natijasi u qadar ham qiziqarli emas, balki ularga raqib bo‘lgan jamoalarning natijalarini turnir jadvalida kuzatish qiziqarliroq edi.

Joshua King o‘yinda xet-trik qayd etdi

Masalan, bugungi «Everton»ga qarshi o‘yinda ham. Mazkur o‘yinda ko‘pchilik Ranerini esiga ham olmadi, aksincha mersisaydliklarning natijasini kutib, musobaqa jadvalida nechanchi o‘ringa ko‘tarilib olishini hisoblash bilan ovora edi. Agar g‘alaba qozonsa, bir kunga bo‘lsa-da, kuchli to‘rtlikka kirardi.

Ammo yangi «Uotford» va yangi Raneri bunga yo‘l qo‘ymadi. Ular nafaqat ajoyib kambek qilishdi, balki hisobni yirik ko‘rinishga-da olib kelishdi. Ya’ni klub va Raneri APLga qaytganini hammaga eslatib qo‘ydi.

APL, 9-tur

«Everton» - «Uotford» 2:5 (1:1)
Gollar: Devis, 3 (1:0). King, 13 (1:1). Risharlison, 63 (2:1). Kutska, 78 (2:2). King, 80 (2:3). King, 86 (2:4). Dennis, 90+1 (2:5).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring