Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi tashkil etilgan Prezident Administratsiyasi rahbar xodimlari shtat jadvali tasdiqlandi (to‘liq ro‘yxat)

Yangi tashkil etilgan Prezident Administratsiyasi rahbar xodimlari shtat jadvali tasdiqlandi (to‘liq ro‘yxat)

Foto: «7News.Uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Farmon matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi munosabati bilan:

  1. Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijro etuvchi apparati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  2. Sultanov Xayritdin Madriddinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  3. Ismailov Umar Sapayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi – Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  4. Inoyatov Rustam Rasulevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  5. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniig fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  6. Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  7. Kasimov Rustam Sabirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlariga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi.
  8. Xaydarov Zilemxan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.
  9. Magrupov Aziz Yuldashevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  10. Mavlonov Bekzot Mardonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  11. Muxammadiyev Ulugbek Islomovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  12. Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari buyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  13. Paygamov Alisherbek Azizovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari o‘rinbosari – tashqi aloqalar masalalari xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  14. Allamjonov Komil Ismoilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi –  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  15. Saidova Galina Karimovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari o‘rinbosari – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  16. Ganiyev Elyar Majidovich O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tizimli muammolarni tahlil qilish va O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorligi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
  17. Rustambekov Nozimbek Mansurbekovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  18. Olloyorov Mansurbek Polvonzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati iqtisodiyot sohasida islohotlarni ekspert-huquqiy ta’minlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.
  19. Usmanov Alisher Ataxanovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  20. Daminov Askarali Davlatovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  21. Saliyev Olim Adilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring