Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil uchun ikki kun qolganda bozorlik qilish qanchalik to‘g‘ri?

Yangi yil uchun ikki kun qolganda bozorlik qilish qanchalik to‘g‘ri?

Supermarketdagi xarid jarayoni

Foto: «korzinka.uz»

Qishning eng sevimli bayramlaridan biri Yangi yil bo‘lib, uni ayniqsa, bolajonlar intiqlik bilan kutishadi. Shu kuni barcha g‘amlar unutilib, hamma o‘z oilasi bilan bayramni nishonlaydi. Yangi yil uchun mahsulotlar — shirinliklar, ichimliklar, o‘yinchoqlar sotib olish ham asosiy jarayonlardan biridir. Lekin juda ko‘pchilik bayramga 1-2 kun qolganda bozorlik qilishga tushishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri?

E’tibor bergan bo‘lsangiz, 30-31 dekabr kunlari bozor va do‘konlar rastalari odamlarga to‘lib ketadi. Ba’zida oyoq qo‘yishga joy topolmaysiz. Ammo xaridlarni 3 hafta oldin boshlasangiz ham hech kim sizni urishmaydi. Uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan mahsulotlarni avvaldan sotib olsangiz, bayramga yaqin tashvishingiz biroz ariydi. Xo‘sh, qachon nimalar sotib olish maqsadga muvofiq?

Muzlatilgan mahsulotlar, ichimliklar va dudlangan kolbasani hozirdanoq xarid qilishga kirishish mumkin. Vakuum o‘ramli pishloqlarni ham olib qo‘yish zarar qilmaydi. Qizil yoki oq ikrani sotib olib, muzlatgichga joylab qo‘ysa bo‘ladi.

Bayramgacha ikki hafta qolganda ildizli o‘simliklarni g‘amlashga tushing: piyoz, sarimsoqpiyoz va shunga o‘xshash uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlar. Shuningdek, yetishtirilgan pishloq va qaynatilgan kolbasalarni ham sotib olish mumkin.

10 kun oldin tuxum xarid qilsa bo‘ladi. Tuxum 3 haftagacha saqlanadi, lekin muddati o‘tgan-o‘tmaganini tekshirish kerak. Bochkadagi seld balig‘ini olib, yaxshilab o‘rab, muzlatgichga solib qo‘yish mumkin. Bir hafta qolganda ko‘proq hajmda go‘sht oling, steykni 4-5 kun qolganda xarid qilgan ma’qul. Shuningdek, nozikta’b va tropik mevalarga ishqibozlar avokadoni ham sotib olishi mumkin, chunki bayramgacha bu meva yumshab, yeyishlik bo‘lib turadi.

Yangi yilga besh kun muhlat bor, siz esa baliq uchun bozorga (yoki supermarketga) borishingiz mumkin, lekin darhol tuzlashni unutmang. Qolaversa, baqlajon, bulg‘or qalampiri, qovoqcha (kabachki)va rangli karamni ham sotib olish mumkin. 3 kun qolganda tansiq go‘sht mahsulotlari, yumshoq pishloq hamda sut mahsulotlari, olma, mandarin xarid qilish ayni muddao.

Bayram kuni esa eng yangi mahsulotlarni olish tavsiya etiladi. Masalan, uzum, ko‘katlar, yangi baliq va non. Shunda eng og‘ir sanalgan so‘nggi ikki kun ham siz uchun deyarli muammosiz kechadi. Chunki hamma narsa sotib olingan, faqat dasturxon yozish qolgan, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring