Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyerda mineral o‘g‘it ishlab chiqaradigan yirik zavod quriladi

Yangiyerda mineral o‘g‘it ishlab chiqaradigan yirik zavod quriladi

Foto: president.uz

Yangiyer shahrida mineral o‘g‘it ishlab chiqaradigan yirik zavod qurish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

Yangiyer shahrida 2019-2023-yillarda yiliga 300 ming tonna ammiak va 360 ming tonna karbamid mineral o‘g‘itini ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb etish, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarning zamonaviy texnologiyalarini olib kelish mo‘ljallangan. Zavod foydalanishga topshirilgach 850 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring