Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘lda bir ayolni salkam 300 million so‘mga «uxlatib» ketishdi

Yangiyo‘lda bir ayolni salkam 300 million so‘mga «uxlatib» ketishdi

Foto: «Legkostbytia.ru»

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Sho‘ralisoy mahallasida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 171-moddasi 1-qismi (jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish) bilan sudlangan 1969-yilda tug‘ilgan, J.I. yana jinoyatga qo‘l urdi.

U 2017-yilning iyul oyidan 1-oktabr kuniga qadar Yangiyo‘l tumani, Navro‘z mahallasida firibgarlik yo‘li bilan, Yangiyo‘l shahar, Samarqand ko‘chasida yashovchi, uy bekasi, 1974-yilda tug‘ilgan, A.Sh. ishonchini suiiste’mol qilib, «tez orada qaytarib beraman», deb aldab, bahosi 299.428.571 so‘m bo‘lgan tilla-taqinchoqlarini olgan va shu kunga qadar qaytarib bermasdan o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Unga nisbatan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring