Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda maktab o‘quvchilari do‘konni tunashdi

Yangiyo‘lda maktab o‘quvchilari do‘konni tunashdi

Shu yilning 6-noyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, «Nooziq-ovqat» do‘koni rahbari, M.M. sodir bo‘lgan o‘g‘rilik yuzasidan ichki ishlarga murojaat qilgan.

Uning ma’lum qilishicha, shu yil 4 noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Yangiyo‘l shahar Navro‘z mahallasida joylashgan do‘koniga eshik qulfini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 21 mln. 800 ming so‘mlik 50 dona turli xildagi mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l shahar Ramadon mahallasida yashovchi 12-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchilari — Sh.N. va D.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring