Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya pochtasi haydovchisiz avtomobillardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi

Yaponiya pochtasi haydovchisiz avtomobillardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi

Фото: «Riafan.ru»

Yaponiya davlat pochta xizmati bir bo‘linmaning xat va jo‘natmalarini boshqa biriga yuborishda haydovchisiz boshqariladigan yuk mashinalaridan foydalanish niyatida, deb xabar berdi «Hi-News».

«Zamonaviy «avtopilot» funksiyasi bilan jihozlangan avtomobillar bemalol buni uddalay oladi. Bundan tashqari gazetalarni yetkazib berish orqali shu turdagi avtomobillarni shahar sharoitida yana bir bor sinovdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi», — deydi tashkilot vakili.

Bir necha kun oldin Tokioda Yaponiya pochtasining ranglarida tushirilgan haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar taqdim etilgan. Tantanali namoyishdan oldin mashina sinovdan ham o‘tkaziladi. U Yaponiya pochtasi shtab-kvartirasidan 2 kilometr uzoqlikdagi boshqa bo‘linmaga qatnaydi. Yo‘lda mashina bir marta to‘xtaydi.

Hozircha pochta ma’muriyati sinov qayerda va qachon o‘tkazilishini ochiqlamagan, biroq kompaniya kelajakda haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni yanada ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring