Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Xitoyni KXDR muammosini birga hal etishga chaqirdi

Yaponiya Xitoyni KXDR muammosini birga hal etishga chaqirdi

Foto: TASS

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashuvda Shimoliy Koreya masalasiga to‘xtalib, uni birgalikda hal qilish lozimligini ta’kidladi.

«Biz mazkur muammo yuzasidan mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik kuchayishidan manfaatdormiz», — degan Yaponiya tashqi ishlar vaziri.

«Shimoliy Koreya masalasi jahon hamjamiyati oldida turgan o‘tkir muammo sanaladi. Biz nafaqat o‘zaro aloqalarni, balki mazkur muammo yuzasidan ham harakatlarni kuchaytirishimiz kerak», — deya Kononing so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Reuters».

Avval ma’lum qilinganidek, hukumatning 24-yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida KXDR rahbariyati dunyodagi barcha koreyslarni hamkorlikni mustahkamlash va taraqqiyot yo‘lida birlashishga chaqirgan edi. Bundan avvalroq esa Yaponiya bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Shotaro Yachi Xitoyni Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlarini to‘xtatishda faol ishtirok etishga da’vat etgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring