Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada uy tomiga 4,5 mlrd yillik meteorit quladi

Yaponiyada uy tomiga 4,5 mlrd yillik meteorit quladi

Foto: «Korrespondent.net»

Yaponiyaning Ayti prefekturasi Komaki shahrida uy tomiga meteorit quladi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Sentyabrning oxirida uy tomiga katta tosh tushib, tomda chuqur hosil qilgan va uch bo‘lakka bo‘linib ketgan. Uy ichida bo‘lgan odamlar baland ovozni eshitishgan. Tashqariga chiqqach, ular tomda sathi kuygan diametri bir necha santimetrli uchta toshni aniqlashgan.

Uy egasi topilmani ilm-fan muzeyiga topshirgan. Muzey xulosasiga ko‘ra, toshlar 4,5 milliard yillik meteoritning bo‘lagi bo‘lib, magnit bilan tortiladi.

Ayni damda idora toshni Xalqaro meteorit jamiyatida «Komaki meteoriti» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring