Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada AESdan 130 kilometr uzoqlikda vulqon otildi

Yaponiyada AESdan 130 kilometr uzoqlikda vulqon otildi

Foto: «AP»

«RIA Novosti» xabar berishicha, Yaponiya janubi-g‘arbida dunyodagi eng yirik vulqonlardan biri — Aso uyg‘ondi. Aso «Ikata» atom elektr stansiyasidan 130 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, Kumamoto prefekturasida joylashgan ushbu vulqon krateridan 200 metr balandlikda otilib chiqqan tutun va kulni shamol shimoli-g‘arbga olib ketgan.

Meteorologlar vulqonga 1 kilometrgacha yaqinlashish xavfidan ogohlantirishdi.

Zarar ko‘rganlar va jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.

Oxirgi marta Aso vulqoni 2016-yilning 8-oktyabrida otilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring