Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada erkak vazir birinchi marta dekret ta’tiliga chiqmoqda

Yaponiyada erkak vazir birinchi marta dekret ta’tiliga chiqmoqda

Koidzumi Sindziro va Takigava Kristel.

Foto: «Zolord»

Yaponiya atrof-muhit vaziri Koidzumi Sindziro bolaga qarash uchun ta’tilga chiqayotgan mamlakatdagi ilk vazir bo‘ladi, deb yozmoqda KP. U va turmush o‘rtog‘i — taniqli model va teleboshlovchi Takigava Kristel birinchi farzandini kutishmoqda.

E’tiborli jihati, Yaponiya qonunchiligida dekret ta’tili har ikki jins vakillariga ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, erkaklar bu huquqdan kamdan-kam foydalanishadi. Bu psixologik omillar bilan bog‘liq. Yaponlar vaqt-beavaqt ta’tilga chiqib, hamkasblarini qiynab qo‘yishdan or qilishadi.

Vazir Koidzumi ham aslida shunday insonlar sirasidan, NHK telekanali yozishicha, ta’tilidan qisman foydalanmoqchi. Umumiy hisobda ta’tili ikki hafta davom etadi. Uch oy qisqartirilgan ish kuni tartibida ishlaydi, davlat ishlari bilan masofadan turib, videoaloqa va elektron pochta vositasida shug‘ullanmoqchi.

Vazirning ta’tilga chiqishdan yana bir maqsadi yaponlarning bola ta’tiliga munosabatini o‘zgartirish ekani ham aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring