Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada o‘zbekistonlik talaba dengizga cho‘kayotgan o‘smirni qutqarib qoldi (video)

Yaponiyada o‘zbekistonlik talaba dengizga cho‘kayotgan o‘smirni qutqarib qoldi (video)

Yaponiyaning Okinava prefekturasi Ginovan shahrida 21 yoshli o‘zbekistonlik talaba dengizga cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Nippon NewsNetwork telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bola taqiqlangan joyda do‘stlari bilan cho‘milayotgan bo‘lgan. Cho‘kayotgan o‘spirinni ko‘rib o‘zbekistonlik Eldor O‘rinboyev yordamga shoshildi va uni qutqarib qoldi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama Eldor O‘rinboyevga o‘zganing hayotini saqlab qolganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

«Men o‘zbek talabasiga jasurligi va vijdonliligi uchun, o‘zi dengiz bo‘yida birinchi marta bo‘lganiga qaramay, hayotini xavfga qo‘ygan holda odamni qutqargani uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman», deyiladi Elchining maktubida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring