Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada qor ostida qolgan uylarni tozalash vaqtida 60 dan ortiq odam vafot etdi

Yaponiyada qor ostida qolgan uylarni tozalash vaqtida 60 dan ortiq odam vafot etdi

Yaponiya hukumati mamlakatning shimoliy hududlariga, qorni tozalash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagan hududlarga favqulodda moliyaviy yordam berish niyatida. Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida davlat yerlari, infratuzilma, transport va turizm vaziri Kadzuyosi Akabaning aytishicha, qor ostida qolgan uylarni tozalash paytida 60 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «hukumat zarur mablag‘ miqdorini zudlik bilan hisoblab chiqib, moliyaviy yordamni yuborishga tayyor. Hukumatni tozalash ishlarida halok bo‘lganlarning rekord darajaga yetgani xavotirga qo‘ymoqda». Shuningdek, vazir 2017-2018 yillarda o‘lim holati bundan ancha past darajada bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tgan.

Yaponiyaning asosiy Xonsyu orolining shimolida va shimoliy Xokkaydo orolida o‘tgan yilning dekabridan beri kuchli qor bo‘roni to‘xtagani yo‘q. Bu hudud aholisi tranport vositalari, kommunal xizmatlardan uzilib qolgan.

Uylarni qordan tozalash vaqtida vafot etganlarning aksariyatini keksalar tashkil qiladi. Ular tomlarni tozalash vaqtida qor tagida qolib ketish oqibatida vafot eganlar.

Shu munosabat bilan hukumat mahalliy hokimiyat organlariga ajratilgan resurslardan birinchi navbatda aholiga yordam berish uchun foydalanishni buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring