Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada zilziladan jabrlangan soni ortib bormoqda

Yaponiyada zilziladan jabrlangan soni ortib bormoqda

Foto: «RIA Novosti»

Yaponiyaning Xokkaydo orolida sodir bo‘lgan 6,6 balli zilziladan jabrlanganlar soni oshmoqda, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Tabiiy ofatdan 110 kishi jabrlangan, Atsuma qo‘rg‘onida 19 kishining qayerda ekanini aniqlash imkonini bo‘lmayapti.

Tomakomay shahrida bir kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Xokkaydo orolida 3 million kishi elektr energiyasisiz qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring