Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaga «Jebi» to‘foni xavf solmoqda: 300 mingga yaqin kishiga uyini tark etish tavsiya qilindi

Yaponiyaga «Jebi» to‘foni xavf solmoqda: 300 mingga yaqin kishiga uyini tark etish tavsiya qilindi

Foto: «Afp.com»

Yaponiyaning Kobe shahri hokimligi bir nechta tumandagi 287 ming kishiga o‘ta xavfli «Jebi» to‘foni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan xavfsiz hududlarga ko‘chishni tavsiya qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Oxirgi olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat markazi va janubi-g‘arbiy qismiga kuchli to‘fon yaqinlashayotgani uchun 630 dan ortiq aviareyslar bekor qilingan. Shuningdek, Osaka, Xirosima shaharlari o‘rtasida qatnovchi, Xonsyu va Sikoku orollarini bog‘lovchi temir yo‘llarda qatnovchi poyezdlar, Tokioga qo‘shni Tiba va Kanagava prefekturalari o‘rtasida suzuvchi paromlar ham to‘xtatib qo‘yildi.

«Jebi» Yaponiyaga janubi-sharq tomondan kirib kelishi va shimolga harakatlanishi kutilyapti, chorshanba kuni to‘fon mamlakatning butun markaziy qismini qurshab oladi.

Meteorologlar «Jebi»ni bu yilgi eng kuchli to‘fon sifatida tasniflashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring