Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponlar 6G aloqa tizimi ustida ish boshladi

Yaponlar 6G aloqa tizimi ustida ish boshladi

Foto: «NewsKamataka»

Yaponiyada oltinchi avlod aloqa tizimi — 6G ni joriy etishga hozirlik boshlandi. O‘n yildan so‘ng — 2030-yilda bu tarmoq ishga tushiriladi.

Hozir texnik mutaxassislar, xususiy biznes va turli idoralar vakillaridan iborat ekspertlar kengashi tuzilmoqda. 2020-yil yozigacha ekspertlar yangi formatga o‘tishning kompleks strategiyasini ishlab chiqishadi, deyiladi NHK xabarida.

Beshinchi avlod aloqa tizimi (5G)ni keng joriy etishga Yaponiya shu yil bahorida kirishadi. «Kunchiqar yurt» 5G ni tatbiq etish borasida Janubiy Koreya va AQShdan ortdan qolayotgandi.

Ma’lumot uchun: «Kp.ru» yozishicha, 2025-yilga borib Rossiya aholisining 80 foizi beshinchi avlod aloqa tarmoqlaridan foydalanishga o‘tadi va mamlakat bu borada MDHda yetakchiga aylanadi. Xuddi shu yili O‘zbekiston, Belarus, Ozarbayjon va Gruziyada ham 5G dan foydalanish mumkin bo‘ladi. MDH mamlakatlarida narsalar internetiga ulanish uch hissa oshib, 2025-yilda abonentlar jami soni 660 million nafarga yetishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring