Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponlar uchar o‘t o‘chiruvchi robotni yaratdi (video)

Yaponlar uchar o‘t o‘chiruvchi robotni yaratdi (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Yaponiyalik muhandislar purkalayotgan suv oqimi hisobiga havoda muallaq turuvchi o‘t o‘chiruvchi robotni ixtiro qildi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru»

Mazkur robot o‘zining harakatlarini kuzatishga va muvozanatni saqlashga qodir. Robot «ISRA 2018» anjumani doirasida taqdim etilgan.

Ayrim holatlarda o‘t o‘chiruvchilarda olov manbasiga yaqinlashib uni o‘chirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Masalan, yong‘in baland binoda sodir bo‘layotgan bo‘lsa, asosiy kirish eshigi orqali xavfsiz tepaga ko‘tarilish oson emas. Muhandislar bu kabi holatlar uchun uchishga qodir robot o‘t o‘chiruvchidan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Latviyaning «Aerones» kompaniyasi shu turdagi muammolar uchun yerdan suv va energiya olib olovni o‘chiradigan dronni yaratgan.

Satosi Tadokoro boshchiligidagi muhandislar tomonidan yaratilgan robot suv uchun mo‘ljallangan shlang hamda havo naychali moduldan iborat. Asosiy model shlang oxiriga o‘rnatilgan va u shlangni havoda ushlab turish hamda olovni o‘chirish vazifasini bajaradi.

Suv purkayotgan shlang beqaror bo‘lganligi sabab, dasturchilar unga boshqaruv tizimini o‘rnatgan. Bunda ular naychalarning bir qismini elektromotorga joylashtirgan.

Bundan tashqari shlangning har 40 santimetriga inernatsianal modullar o‘rnatilgan bo‘lib, u harakatni yuqori aniqlikda nazorat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring