Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaxshi xabar. Koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri sog‘aydi

Yaxshi xabar. Koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri sog‘aydi

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimizdan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xastalikdan forig‘ bo‘lgan fuqaro shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu fuqaro, avval xabar qilganimizdek, joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan edi.

O‘tgan vaqt davomida u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolandi.

E’tirof etish joizki, fidoyi shifokorlarimiz tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan holda, xalqaro standartlar asosida zarur davolash muolajalari olib borilgani ushbu bemorning butkul sog‘ayishini ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sog‘ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda. Ayni paytgacha ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 8 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring