Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yigirma yoshda yaxshi ish topish yo‘lini bilasizmi?

Yigirma yoshda yaxshi ish topish yo‘lini bilasizmi?

Foto: «Mehnat.uz»

«Sizni ishga ololmaymiz, tajribangiz yo‘q». Odatda oliy ta’lim muassasini yakunlagan talabalar bu gapni ko‘p bora eshitishlariga to‘g‘ri keladi. Biroq, tajribasizlik ish izlovchi uchun ham kamchilik, ham yutuq bo‘lishi mumkin. Sababi, yosh insonlar ish prinsipini osonlik bilan o‘rganadilar, yangi texnologiyalar bilan ham yaxshi chiqishishadi.

Eng muhimi, mana shu fazilatlardan ish qidirish davomida foydalanish lozim. Axir barcha tashkilotlarda yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori. Suhbat chog‘ida ishdan qochmasligingiz va ma’lum tajriba to‘plashingiz bilan boshqa ishga o‘tib ketmasligingizga ishontira bilishingiz ham juda muhim.

Hammasini eng kichigidan boshlang

Oldinda turgan yana bir to‘siq bu — qat’iyat. Ko‘pchilik korxonalar jalb etgan mutaxassislar ish haqi miqdorini muhokama qilishlari, alohida xona talab etishlari va umuman hamkorlikning boshqa shartlarini kelishib olishlari mumkin. Ammo siz 20 yoshdasiz va yuqori tajribaga ega bo‘lishingiz uchun hali vaqtingiz bor. Shu bois, kichik lavozimu, kam maosh u qadar xavotirga solmasligi kerak. Undan ko‘ra, suhbat so‘ngida, albatta, kompaniyaning kengaytirish yo‘llari bilan qiziqing. Birinchidan, siz bu bilan ish beruvchiga sifat va natija uchun ishlashingizni bildirgan bo‘lasiz. Ikkinchidan esa istiqbolingizni belgilashingiz mumkin.

Omadsizliklardan qo‘rqmang

Uolt Disney Disneylend qurilishiga kredit beruvchi kreditor topish uchun naqd 300 ta bankka murojaat qilgan. Agar sizni bir nechta firmalar rad etsa, bu tushkunlikka berilishingiz uchun sabab bo‘lolmaydi. Ertami-kechmi, albatta, o‘zingizga mos, salohiyatingizni to‘g‘ri baholay oladigan ishxonani topasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring