Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yilning eng yaxshilari uchun nomzodlar e’lon qilindi

Yilning eng yaxshilari uchun nomzodlar e’lon qilindi

Xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA «Yil o‘yinchisi» sovrini uchun beriladigan mukofot uchun finalchi nomzodlarni e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan futbolchilar: Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya terma jamoasi), Luka Modrich («Real», Xorvatiya terma jamoasi) va Muhammad Saloh («Liverpul», Misr terma jamoasi).

FIFA iyul oyida 10 nafar nomzodni e’lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxatda Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Eden Azar («Chelsi»), Harri Keyn («Tottenxem»), Kilian Mbappe («PSJ»), Lionel Messi («Barselona») va Rafael Varan («Real») kabi futbolchilar bor edi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun Zlatko Dalich (Xorvatiya terma jamoasi), Dide Desham (Fransiya terma jamoasi) va Zinedin Zidan («Real» Madrid) kurash olib boradi.

Ushbu sovrin egasi 24-sentabr kuni Londonda tashkil etiladigan «The Best FIFA Football Awards» marosimida o‘z egasiga topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring