Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l harakati xavfsizligida ham posbonlar xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘l harakati xavfsizligida ham posbonlar xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Endi yo‘l harakati xavfsizligida ham posbonlar xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori leytenant A. Choriyev  «Xabar.uz»ga ma’lum qilib o‘tdi.

YPX xodimlari va transport vositalari haydovchilari orasida ziddiyatli holatlar ko‘plab uchrab turadi. Bunday vaziyatlarda YPX xodimi holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirish, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydoniga olib borish uchun bir necha soat vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘ladi.

Endilikda ziddiyatli holatlarning oldini olish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 may kunidagi № 377-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, 2018 yil 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyrug‘i asosida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi «Yo‘l posboni» to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘iga asosan Termiz shahri va Termiz tumani hududlarida xizmat olib boradigan YPX xodimlariga 19 nafar «Yo‘l posbon»lari biriktirib berildi. Ushbu yo‘l posbonlariga maxsus guvohnomalar hamda nur qaytaruvchi kamzullar ham berildi. Endilikda yo‘l posbonlari avtomobil yo‘llarida YPX xodimlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydi.

Yo‘l posbonilari a’zolari quyidagi huquq va vakolatlarga ega:

— Yo‘llarda, yo‘l harakati ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini YPX xodimlari bilan birga nazorat qilishi;

— Yo‘l harakati qoidalarini buzgan yo‘l harakati ishtirokchilari bilan profilaktik ishlarni olib borish;

— «Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» tadbirlarida faol ishtirok etish;

— Yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar orasida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish ishlarini olib borish;

— So‘ngi vaqtlarda yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish;

— Yo‘l transport hodisalari natijasida jabrlanganlarga ko‘maklashish;
Yo‘l posboni a’zolari orasida kelgusida IIOlariga xizmatga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarga ularning olib borgan xizmat faoliyatidan kelib chiqib maxsus imtiyozlar va tavsiyanomalar berilishi mumkin.

Tadbirlarda faol ishtirok etib keladigan yo‘l posbonlari IIVning nizomiga asosan rag‘batlantiriladi. Yo‘l posbonlari soni chegaralanmagan, a’zo bo‘lish istagidagi fuqarolar viloyat IIB YHXB kadrlar guruhiga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring