Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchilar sababli yuz bergan YTHlar

Yo‘lovchilar sababli yuz bergan YTHlar

Yashnobod tumanida 8-aprel kuni poytaxtimizdagi ko‘chalardan birida fuqaro X.S. «Spark» rusumli avtoulovini boshqarib, piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda R.O. jiddiy jarohat olgan.

Bunga esa piyodaning o‘zi sababchi bo‘lgan. Chunki R.O. yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan.

Uchtepa tumanida 1996-yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. «Lasetti» rusumli avtoulovni boshqarib ketayotib, haydovchi M.X.ning «Spark» mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Spark» haydovchisi jiddiy jarohat olgan. Qolaversa, uning yo‘lovchisi M.S. ham jarohatlanib, unga ham tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur to‘qnashuvning sodir etilishiga sabab esa «Lasetti» egasining asosiy yo‘ldan kelayotgan avtoulovni o‘tkazib yubormaganidadir.

Bektemir tumanida haydovchi U.A. Isuzi rusumli avtobusni boshqarib, velosipedchini urib yuborgan.

Natijada velosipedchi S.A.ning chap tomon qovurg‘alari singan. YTH kelib chiqishiga qarama-qarshi harakatlanayotgan velosipedchi sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring