Yosh qizni Tailandga fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi, 1963-y.t. A.Y. ismli ayol Qo‘shrabot tumani «Mingtepa» mahallasida yashovchi, 1996-y.t. A.J.ni Tailandga yuborish va undan fohishalikda foydalanish uchun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Y.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter