Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yoshlar»da televideniyemiz tarixida ilk bor tonggi dastur jonli efirga uzatildi

«Yoshlar»da televideniyemiz tarixida ilk bor tonggi dastur jonli efirga uzatildi

Ushbu dasturni «Yoshlar»ning «Yangi kun»i desak bo‘ladi.

Foto: «Xabar.uz»

Odatda, telekanallar o‘rtasida tonggi dasturlar reytingi uchun zimdan kurash boradi. Chunki kunduzgi yoki kechqurungi efirni ko‘rmaydiganlar bo‘lishi mumkin, ammo tonggi dasturni hamma – bobo-momolar, ota-onalar va bolalar birgalikda ko‘radi, ya’ni bu dasturning auditoriyasi katta bo‘ladi.

2018-yil 7-maydan «Yoshlar» telekanali katta loyihaga qo‘l urdi. Televideniyemiz tarixida ilk marta tonggi dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Hamma ma’nosiga ko‘ra ushbu dasturni «Yoshlar»ning «Yangi kun»i desak bo‘ladi.

Dastur jamoasi. Foto: «Xabar.uz»

Xo‘sh, «Yangi kun»ning nishona soni nimalari bilan yodda qoladi?

7-may – xalqaro radio kuni. Taniqli radioboshlovchi Dilmurod G‘ulomov bilan suhbat qiziqarli kechdi.

7-mayda Ozodbek Nazarbekov tavallud topgan kun. Tug‘ilgan kun sohibi, O‘zbekiston xalq artistini studiyada tabrikladik.

PS: Ijtimoiy tarmoqlarda kimsan Ozodbek Nazarbekov bilan bo‘ylashib kuylagan qizaloq videosi mashhur bo‘lgandi. Ko‘pchilik uni negadir andijonlik bo‘lajak xonanda deb o‘ylashardi. Ozodbek Nazarbekov aniqlantirdiki, o‘sha qizcha asli marg‘ilonlik ekan.

Yana bir mehmonimiz «Ginnessning rekordlar kitobi»dan joy olishga loyiq navoiylik 14 yoshli Muhammadali Totliboyev. Uni «Tirik kalkulyator» desa bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda bu talant egasi quyidagi amallarni soniyada bajardi:

64x88=

36x545846=

801025ning ildizi=

20830096ning ildizi=

Holbuki, aksariyat odamlar bu raqamlarni hisoblashgina emas, so‘zda aytishga ham qiynalishadi. Xususan, o‘zimiz ham.

Yangi ochilgan Ashxobod parkidan tayyorlangan videoreportaj tomoshabinlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Tomoshabinlar mehrini qozongan «Mehmonxona» serialining ikkinchi fasli haqidagi mish-mishlarni eshitayotgandirsiz? Serial ijodkorlari Javohir Zokirov va Akrom Isoqov bilan bevosita suhbatda ayrim savollarga oydinlik kiritildi.

Biroq yana ko‘pgina savollar tomoshabinlarni qiziqtirayotgani aniq, demak «Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal!»

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring