Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX katta inspektori shu video sabab lavozimidan ozod etildi

YPX katta inspektori shu video sabab lavozimidan ozod etildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Internet tarmog‘ida «Qashqadaryoda bodi-kamera taqmagan YPX inspektori haydovchidan hujjat talab qildi. Haydovchi esa bunga e’tiroz bildirdi» sarlavhali videotasvir joylashtirilgan.

IIV YHX Bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan YPX katta inspektori B.Fayzullayevga nisbatan viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, YPX katta inspektori B.Fayzullayev xizmat faoliyatini olib borishi  davomida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori va IIVning me’yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan talablariga rioya etmasdan, fuqarolar bilan bepisandlarcha qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

«U o‘zining intizomsizligini namoyon qilib, fuqarolar ongida IIO xodimlari to‘g‘risida salbiy fikrlarni o‘yg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring