Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimi avtomobilda otvyortka borligi uchun dalolatnoma tuzgan holat bo‘yicha ma’lumot berildi

YPX xodimi avtomobilda otvyortka borligi uchun dalolatnoma tuzgan holat bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi avtomobilda otvyortka borligi uchun dalolatnoma tuzdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida.

2021-yil 23-mart kuni soat 23:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Tokzor MFY hududida joylashgan blok-postda xizmat olib borgan YPX xodimi J.Iskandarov tomonidan «Spark» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Xolislar ishtirokidagi tekshiruv davomida XPB TP profilaktika inspektori A.Almanov tomonidan avtomobilda mavjud bo‘lgan otvyortka o‘tkir tig‘li vosita deya hisoblanib tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring