Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YTHga uchragan «Spark» fojiaga sabab bo‘ldi

YTHga uchragan «Spark» fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: Skrinshot

2021-yil 5-iyul kuni soat 4:38 larda Samarqand viloyati Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi M39 Beshkent-Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1082-kilometrida Samarqand tumanida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinasini Samarqand-Termiz yo‘nalishida kelayotganida belgilangan tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etgan.  Natijada avtomashina beton to‘siqqa borib urilgan.

Haydovchi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Yo‘lovchi sifatida kelayotgan Toyloq tumani Davlatobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro Toyloq tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan TTTB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring