Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta ekranlarga chiqqan «Yulduzlar jangi»ning sakkizinchi epizodi rekord darajaga yetdi

Katta ekranlarga chiqqan «Yulduzlar jangi»ning sakkizinchi epizodi rekord darajaga yetdi

Foto: «YouTube»

Yaqindagina namoyish etilgan ushbu kartinaning sakkizinchi «So‘nggi jeday» qismi AQSh va Kanadada 220 million dollar to‘plab, katta rekord o‘rnatdi. Dunyo bo‘yicha esa 450 million dollar yig‘di. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

«Yulduzlar jangi»ning «Kuchlar uyg‘onishi» qismi 2015 yili katta ekranlarga chiqqaanida 248 million dollar to‘plagandi.

Rayan Jonsonning ushbu filmi Jorj Lukasning natijalariga yetib qoldi. Kinematografiya sohasida keyinchalik mashhurlikka erishgan Lukas o‘zining birinchi filmidan (1977-yil) dunyo bo‘ylab 775 million dollar yiqqan edi.

Foto: «Wired.com»

Lukasning trilogiyasi 1983-yili nihoyasiga yetgan. 1990-yillarning oxirida u uch kartinaning franshizini, ya’ni filmdan oldingi voqealarning ibtidosi haqida film ishladi. 2012-yilda Lukasning kompaniyasi katta kinostudiyaga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring