Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuliya Timoshenko: «Hech qayoqqa ketmayman!»

Yuliya Timoshenko: «Hech qayoqqa ketmayman!»

Foto:«Replyua.net»

Ukraina sobiq bosh vaziri, mamlakat prezidentligiga nomzod Yuliya Timoshenko, mabodo, saylovda yutqazgan taqdirda ham hech qayoqqa ketmasligini ta’kidladi. «Shu paytgancha Vatanimdan ketmaganman va bundan keyin ham hech qayoqqa qochmoqchi emasman!» dedi u «Pravo na vlast» ko‘rsatuvida qilgan chiqishida.  Shuningdek, siyosatchi xonim hozirda qochqindagi sobiq prezident Viktor Yanukovich hokimiyatga kelishi hamono hibsga olinganini eslarkan, qo‘yidagilarni qo‘shib qo‘ydi:«...O‘shanda qamoqqa olinishimdan uch kun avval ogohlantirishgan edi, shunga qaramay mamlakatdan chiqib ketmagan edim, holbuki, bunga imkoniyatim bor edi».

Ukrainadagi prezidentlik sayloviga sakkiz kun qoldi. O‘ttiz to‘qqiz nafar da’vogarlar orasida  shoumen Vladimir Zelenskiyning imkoniyati  baland deyilmoqda. Yuliya Timoshenkoning ham favoritlar qatorida: ishtimoiy so‘rovlarga ko‘ra ikkinchi o‘rinda bormoqda. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko esa uchinchi o‘rinni band etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring