Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yunayted» qilolmagan ishni «Sevilya» ortig‘i bilan epladi

«Yunayted» qilolmagan ishni «Sevilya» ortig‘i bilan epladi

Foto: Twitter / BBC Sport

Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» – «Sevilya» uchrashuvida mehmonlar zafar quchishdi. Uchrashuvda hisob o‘yinning 74-daqiqasiga kelib ochildi. Vissam Ben-Yedder to‘rt daqiqa ichida ikkita gol urib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Aytish kerakki, «Qizil iblislar» dastlabki uchrashuvda Ispaniyaga borib, bitta gol ham urolmay kelishgandi. «Sevilya» esa bu vazifani ortig‘i bilan bajardi. Ikkinchi o‘yinda «Roma» Jekoning goli evaziga «Shaxtyor»ni yengdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

YeChL, 1/8 final
Javob uchrashuvlari

«Manchester Yunayted» (Angliya) – «Sevilya» (Ispaniya) 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 0:1 – 74 Ben-Yedder, 0:2 – 78 Ben-Yedder, 1:2 – 84 Lukaku.

«Manchester Yunayted»: De Xea, Smolling, Bayi, Valensiya (Mata, 77), Lingard (Marsyal, 77), Yang, Fellayni (Pogba, 60), Matich, Sanches, Reshford, Lukaku.

«Sevilya»: Riko, Ker, Eskudero, Merkado, Langle, Vaskes (Pisarro, 87), Banega, Sarabiya, Nzonzi, Korrea (Gays, 89), Muriel (Ben-Yedder, 72).

Ogohlantirishlar: Banega (5), Ben-Yedder (78), Korrea (88), Sarabiya (90), Reshford (90).

Dastlabki o‘yin — 0:0


«Roma» (Italiya) – «Shaxtyor» (Ukraina) 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 52 Jeko.

«Roma»: Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Florensi, Strotman, de Rossi, Under (Jerson, 65), Nainggolan, Perotti, Djeko (El-Shaaravi, 89).

«Shaxtyor»: Pyatov, Ordets, Ismaili, Butko, Rakitskiy, Fred, Stepanenko (Alan Patrik, 74), Tayson, Marlos (Dentino, 82), Bernard, Ferreyra.

Ogohlantirishlar: Florensi (39), Manolas (54), Stepanenko (71), Fred (76), Ferreyra (80).

Chetlatish: Ordets (79).

Dastlabki o‘yin — 1:2

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring