Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda «Lasetti» avtomobili «Spark»ni ag‘darib yubordi

Yunusobodda «Lasetti» avtomobili «Spark»ni ag‘darib yubordi

Foto: «Yhxbb.uz»

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 2-aprel kuni soat 18:00larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorrahada «Lasetti» hamda «Spark» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Zarb oqibatida «Spark» avtomobili ag‘darilgan hamda jiddiy jarohat olgan ushbu avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring