Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusoboddagi xonadonni talab, mashinasini minib qochganlar ushlandi (video)

Yunusoboddagi xonadonni talab, mashinasini minib qochganlar ushlandi (video)

Foto: Toshkent shahar IIBB

2021-yilning 3-dekabr kuni bir necha shaxs Yunusobod tumanidagi xonadonlardan biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1961 yilda tug‘ilgan xonadon egasining og‘zini va qo‘llarini skoch bilan bog‘lab, 1 million so‘mlik seyfni va uning ichidagi 15 000 AQSh dollarini olib chiqib ketishgan. Bu haqdagi videomaterialni Toshkent shahar IIBB taqdim etdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Jinoyatchilar voqea joyidan yashirinish uchun xonadonga yetib kelgan jabrlanuvchining qizlarini pichoq bilan qo‘rqitib, ular minib kelgan «Gentra»ni minib qochishgan.

Jinoiy guruh qisqa vaqt ichida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlangan.

Quyidagi shaxslar endi sudning qora kursisida o‘tirishibdi:

1978-yilda tug‘ilgan Tohir, 1986-yilda tug‘ilgan Odil, 1988-yilda tug‘ilgan Bahodir, 1991-yilda tug‘ilgan Murodilla, 1991-yilda tug‘ilgan Abror, 1997-yilda tug‘ilgan Azamat, 1998-yilda tug‘ilgan Muhammad, 2000-yilda tug‘ilgan Doniyorlarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi va 267-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga yuborilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring