Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusoboddagi yong‘in uch soatda o‘chirildi, qurbonlar yo‘q

Yunusoboddagi yong‘in uch soatda o‘chirildi, qurbonlar yo‘q

Foto: IIBB

Poytaxtdagi sintepon ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 14-noyabr kuni 10:00 da Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasidagi sintepon ishlab chiqarish korxonasida yong‘in boshlangan. Yong‘inni o‘chirishga 15 dona asosiy va 8 ta yordamchi maxsus o‘t o‘chirish texnikasi jalb qilingan va 12:49 da bartaraf etilgan.

Yong‘inga texnologik jarayon noto‘g‘ri tashkil etilgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Olov 2800 kv.m maydonga tarqalgan.

Hodisa natijasida tom, sex binosi va uskunalar qisman yongan. Olovni mustaqil o‘chirishga uringan korxona xodimlaridan biri biroz kuyish jarohatini olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring