Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari sanasi ma’lum

Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari sanasi ma’lum

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 3-7-dekabr kunlari Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kurslar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida tashkil etiladi.

Mazkur kurslarga 100 nafar (75 o‘zbek, 25 rus)  tinglovchi qabul qilinib, to‘lov-kontrakt miqdori 7 500 000 so‘mni tashkil etadi.

2018-yilning 2-31 oktyabr kunlari 347 nafar (307 nafar o‘zbek guruhiga, 40 nafar rus guruhiga) oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan hujjatlar 47 ta soha mutaxassisligi bo‘yicha centertsul.uz va qabul.tsul.uz saytlari orqali  elektron shaklda qabul qilingan.

Quyidagi mezonlar asosida talabgorlardan kurslarga kirish imtihonlari suhbat orqali o‘tkaziladi:

1) yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi;

2) huquq sohasidagi tayanch bilimga egaligi;

3) tahliliy fikrlash qobiliyatini aniqlash.

Kirish imtihonlari 2 smenada (09:00-13:00 va 14:00-18:00) tashkil qilingan bo‘lib, u jahon internet tarmog‘i orqali onlayn translyasiya qilinmoqda. Bu esa uning adolatli va shaffof tarzda o‘tilishini ta’minlamoqda.

3-4 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlarida 140 nafardan ziyod talabgorlar suhbatlarda qatnashdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, kirish imtihonlaridan yuqori ball to‘plab, tavsiya etilgan talabgorlarga o‘quv jarayonlari 2019 yil yanvar oyidan boshlanib, 6 oy davom etadi. Kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring