Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuridik shaxs bo‘lmagan chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlari tashkil etiladi

Yuridik shaxs bo‘lmagan chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlari tashkil etiladi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi mas’ul ofitserlari, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti raisi o‘rinbosari Majid Umarov hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Anjuman davomida joriy yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvariga qadar «Vatanparvarlik oyligi» etib belgilangani, bu vaqt ichida amalga oshiriladigan ishlar dasturi muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining 12-dekabrdagi «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining ayrim muassasalari Mudofaa vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgani va endilikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Qarorda belgilanganidek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, anjuman davomida Mudofaa vazirligi «Vatanparvar» birlashgan tahririyatining gazetasida mustaqillik yillarida mardlarcha halok bo‘lgan qahramonlar haqida chop etilgan qissa hamda maqolalardan iborat «Vatan omon bo‘lsin!» nomli kitobniing taqdimoti ham o‘tkazildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring