Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yutqazayotgan «Shaxtyor» o‘yinchisi alamini bollboydan oldi (video)

Yutqazayotgan «Shaxtyor» o‘yinchisi alamini bollboydan oldi (video)

Foto: «news.day.az»

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida («Roma» — «Shaxtyor» — 1:0) donetskliklar futbolchisi Fakundo Ferreyra bollboy (to‘plarni uzatib turuvchi)ni reklama shiti ortiga itarib yubordi. Bu videoni italiyalik sport jurnalisti Serjio Chesi o‘z tvitter-akkauntiga joylagan.

Voqea ikkkinchi taymda, rimliklar bir gol bilan ustunlik qilib turgan vaziyatda sodir bo‘ldi. To‘pni o‘yinga kiritishga shoshib borgan Ferreyra imillagan bollboyni o‘ziga xos tarzda «jazoladi». O‘yindan so‘ng u bolani ko‘rmay qolganini aytib kechirim so‘ragan.

«Shaxtyor» klubi esa, ikki o‘yin yakuniga ko‘ra, Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring